Ernan Krespo “San-Paulu” boshqaruviga qaytdi.
Argentinalik mutaxassis rasman 2026 yilning 31 dekabriga qadar shartnoma imzoladi.
U ketma-ket omadsiz natijalardan so‘ng jamoani tark etgan Luis Zubeldiya o‘rnini egalladi. 49 yoshli Krespo uchun bu uning "San-Paulu"dagi birinchi tajribasi emas: 2021 yilda u allaqachon jamoa bilan ishlagan va sezilarli iz qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.
Uning qo‘l ostida klub finalda "Palmeyras"ni mag‘lub etib, San-Paulu shtati chempionligini qo‘lga kiritdi. Krespo boshqaruvidagi 53 uchrashuvda 24 marta g‘alaba qozongan va bor-yo‘g‘i 10 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.