Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sheshkoning agenti: "Biz hech qachon "Leypsig"ni shantaj qilmaymiz"

Sheshkoning agenti: "Biz hech qachon "Leypsig"ni shantaj qilmaymiz"

Baho:
+ | -

Germaniyaning "Leypsig" klubi hujumchisi Benjamin Sheshkoning agenti mijozi va "Arsenal" o‘rtasidagi kelishuv haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Bir kun avval nemis matbuoti Sheshko "Arsenal"ga o‘tishga rozi bo‘lgani haqida xabar tarqatgandi, ammo "kanonirlar" Benjamin uchun ortiqcha to‘lashdan bosh tortdi.

Biroq agent Elvis Basanovich hech qanday kelishuv yo‘qligini ta’kidlamoqda. Qolaversa, 22 yoshli sloveniyalik futbolchi o‘z klubiga bosim o‘tkazmaydi va narxni pasaytirishni talab qilmaydi.

"Bu haqiqatdan yiroq! Biz "Leypsig"ni hurmat qilamiz va men 100 foiz ishonamanki, "Leypsig" ham keyingi qadam bo‘yicha qarorimizni hurmat qiladi.

Agar futbolchining qaysidir klubga o‘tish istagi kuchli bo‘lsa yoki bo‘lmasa ham, biz hech qachon "Leypsig"ni shantaj qilmaymiz", - dedi Basanovich Givemesport nashriga.

Kiritildi: 13:45, 19.06.2025.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик