Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Muhammad Saloh Afrika kubogi sabab "Liverpul"ning muhim o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi

Muhammad Saloh Afrika kubogi sabab "Liverpul"ning muhim o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Afrika Kubogi turniri sabab kelasi mavsumda klubining 7ta o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Kecha Premyer-liga 2025/26 yilgi mavsum taqvimini e’lon qildi, mavsum o‘rtasida - 21 dekabrdan 18 yanvargacha Marokashda Afrika kubogi bo‘lib o‘tadi.

Avvalgi Afrika Kubogida Saloh ishtirokidagi Misr terma jamoasi 1/8 finalga chiqib ketgandi, biroq Muhammadning o‘zi sonining orqa qismidan jarohat oldi va faqat 2024 yilning 13 fevralida "Liverpul" safida o‘ynashga qaytdi.

Bu safar Saloh APL doirasida "Tottenxem," "Vulverxempton," "Lids," "Fulxem," "Arsenal" va "Byornli"ga qarshi o‘yinlarni, shuningdek, Angliya kubogining 3-raund uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin, deb yozadi Daily Mail.

"Liverpul" uchun eng qulay vaziyatda ham - agar misrliklar guruhdan chiqmasa, Muhammad "qizillar"ning uchta o‘yinini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilamiz, Misr terma jamoasi Afrika Kubogida Zimbabve, Janubiy Afrika va Angola bilan birga B guruhidan joy olgan.

Kiritildi: 13:55, 19.06.2025.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик