Termizning "Surxon" klubi jamoa vingeri Kirill Kolesnichenko bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi.
25 yoshli rossiyalik futbolchi fevral oyida "Amkar" jamoasidan erkin agent maqomida O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgandi. U joriy mavsumda 12 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 3 ta assist berdi.













