Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Futzal o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari dasturida

Futzal o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari dasturida

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futzalchilarning "Dakar-2026" Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olish imkoniyatlari qanday?

Futzal sport turi 2026 yil 31 oktyabrdan 13 noyabr kunlari Senegal poytaxti Dakar shahrida o‘tadigan IV yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi. 

Bu haqda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi hamda "Dakar-2026" Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi a’zolari ishtirokida sport turlarini ko‘rib chiqish va ro‘yxatni tasdiqlash tadbirida e’lon qilindi. 

Aytish lozim, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi "Dakar-2026" Olimpiadasida suv sporti turlari, kamondan otish, yengil atletika, badminton, basketbol, boks, sport raqsi, velosport, ot sporti, qilichbozlik, futzal, gimnastika, gandbol, dzyudo, eshkak eshish turlari, regbi, skeytbord, stol tennisi, taekvando, triatlon, voleybol, sport kurashlari hamda ushu sport turlaridan qatnashishni rejalashtirgan. 

Xo‘sh, futzalning "Dakar-2026" Olimpiya o‘yinlari tizimidan joy olishi mamlakatimiz futzal jamoasining ushbu musobaqalarda ishtirok etishiga qay darajada ta’sir ko‘rsatadi? 

– Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan belgilangan mezonlarga ko‘ra, futzal bo‘yicha o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan olimpiya terma jamoalari qit’a miqyosidagi yoki xalqaro turnirlarda ishtirok etgan bo‘lishi, FIFAning futzal bo‘yicha reyting jadvalida qayd etilgani, futzalchilarning fuqaroligi xalqaro federasiya hamda XOQ talablariga javob berishi lozimligi ko‘rsatilgan. Mazkur talablardan kelib chiqib, Dilshod Rahmatov boshchiligidagi o‘smirlar terma jamoasi "Dakar-2026" yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejasini ishlab chiqdi, – deydi O‘zbekiston futzal federasiyasi matbuot xizmati bosh muharriri Komil Jo‘mayev. 

Mamlakatimiz o‘smirlar futzal jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish, shu yilning oktyabr oyida o‘smirlar o‘rtasida Bahraynda o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlarida qatnashishi ko‘zda tutilgan. 

Osiyo qit’asi uchun saralash vazifasini o‘tab beradigan "Bahrayn-2025" o‘smirlar o‘yinlari aynan "Dakar-2026" yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni taqdim etadiki, ushbu musobaqalarda muvaffaqiyatga erishish futzalchilarimizga Olimpiada chiptasini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. 

Manba: uza.uz
Kiritildi: 09:12, 20.06.2025.
O'qildi: 526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.