"Barselona" "Atletik Bilbao" vingeri Niko Uilyams transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.
El Chiringuito nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar"da 22 yoshli ispaniyalik futbolchini tovon pulini to‘lash uchun (58 million yevro) yetarli pul bor.
Uning tovon puli yaqin kunlarda (30 iyun - 7 iyul) to‘lanadi va u jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni birga boshlaydi.













