Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Barselona» daromadlar yaxshi bo‘lsa, braziliyalik himoyachi bilan shartnoma imzolaydi

«Barselona» daromadlar yaxshi bo‘lsa, braziliyalik himoyachi bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

"Monako" himoyachisi Vanderson "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli o‘ng qanot futbolchisi kataloniyaliklar tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida ko‘rilmoqda, ammo uning transferi to‘g‘ridan-to‘g‘ri klubning transfer daromadlariga bog‘liq. Manbaga ko‘ra, Vanderson "Barselona" rahbariyatining yozgi mavsumdagi asosiy maqsadlari qatoriga kirmaydi, ammo bir nechta futbolchilar ketib, bo‘sh byudjet paydo bo‘lgan taqdirda variantga aylanishi mumkin. Futbolchiga avvalroq "Liverpul" ham qiziqish bildirgan, ular braziliyalik futbolchini Trent Aleksandr-Arnoldga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgandi.

Yakunlangan mavsumda Vanderson "Monako" safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:10, 21.06.2025.
O'qildi: 2405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик