Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘FF Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘FF Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yig‘ilishni O‘FF prezidenti Bekzod Mamatqulov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Yig‘ilish raisi B.Mamatqulov Ijroiya qo‘mita a’zolariga O‘FF ishchi guruhi yaqinda vodiy viloyatlarida safarda bo‘lib, joylarda futzalni rivojlantirishga berilayotgan e’tibor, viloyat futzal jamoalariga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilgani haqida ma’lumot berdi. Mamlakat milliy chempionatini yanada yuqori saviyada tashkil etish, sportning futzal turini yurtimizda keng ommalashtirish maqsadida yangi mavsum musobaqalarini zamonaviy infratuzulmaga ega inshootlarda o‘tkazish, teletranslyasiyalar soni va sifatini oshirish, klublarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash singari muhim takliflarni ilgari surdi.

Ijroiya qo‘mita qaroriga muvofiq 2025/2026-yilgi mavsumda Oliy liga ishtirokchilari soni 12 ta jamoa etib belgilandi.

Ayni kunlarda Jizzax shahrida bo‘lib o‘tayotgan Oliy liga o‘tish musobaqasi g‘olibi 2025/2026-yilgi mavsumda faoliyatini tugatgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘rnini egallaydi.

O‘tish musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa so‘nggi chempionatda oxirgi pog‘onani band etgan “Paxtakor” jamoasiga qarshi joriy yilning 12 iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan saralash uchrashuvida kuch sinashadi. Mazkur bahsda Oliy liganing so‘nggi – 12-jamoasi nomiga oydinlik kiritiladi.

Oliy liga jamoalari joriy yilning 15 avgust sanasiga qadar chempionatda ishtirok etishi bo‘yicha ariza, kafolat xati, qarzdorligi (murabbiylar, futzalchilar oylik va mukofot pullaridan) mavjud emasligi bo‘yicha ma’lumot berishi, talabnoma (zayavka) taqdim etishi lozim. O‘FFning mazkur talablarini bajarmagan klublar o‘rnini o‘tish turnirida navbatdagi o‘rnini egallagan jamoasi qabul qilinadi.

2025/2026 yilgi yangi mavsum joriy yilning avgust oyi so‘nggi o‘n kunligida mamlakat Superkubogi musobaqasi bilan ochiladi. Unda o‘tgan mavsum chempioni hamda mamlakat kubogining finalchisi o‘zaro kuch sinashadi.

Sentyabr oyining birinchi o‘n kunligidan 2025/2026-yilgi mamlakat milliy chempionati Oliy liga musobaqasiga start beriladi.

2025/2026-yilgi mavsumning birinchi liga musobaqasi joriy yilning dekabr oyida o‘tkazilishi belgilandi. Mamlakat birinchiligi qatnashchilari soni ichki nizom va talablarda aniq ko‘rsatib o‘tiladi.

Mamlakat milliy chempionatining barcha uchrashuvlari qiziqarli o‘tishi, sovrinli o‘rinlar uchun kurash sog‘lom raqobat muhiti ostida, keskin, murosasiz kechishini ta’minlash maqsadida mavsum yakunlariga ko‘ra pul mukofotlari ta’sis etildi. Unga muvofiq boshlanishi rejalashtirilgan mavsum milliy chempionatda

birinchi o‘rinni egallagan jamoaga – 500 000 000;

ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga – 350 000 000;

uchinchi o‘rinni egallagan jamoaga – 200 000 000 so‘m pul mukofoti topshirilishi belgilandi.

Shuningdek, turli yo‘nalishlar bo‘yicha mavsum laureatlari aniqlanib, tegishli nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanishi belgilandi.

2025/2026-yilgi mavsum oldidan mamlakatimiz futbol-futzal jamoatchiligi uchun katta brifing tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuning bilan O‘zbekiston futzal federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi.

Kiritildi: 19:01, 21.06.2025.
O'qildi: 744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик