Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Mirjalol Qosimov: «Bugun omad yuz foiz «Navbahor» tomonida bo‘ldi»

Mirjalol Qosimov: «Bugun omad yuz foiz «Navbahor» tomonida bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – OKMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Mehmonlar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini bellashuv borasidagi fikrlari bilan boshladi.

— O‘yin bobida yomon harakat qilganimiz yo‘q. Futbolda shunaqa, ba’zan mayda detallar ham ko‘p narsani hal qilib ketadi. Uchrashuv boshida o‘z darvozamizdan tezkor to‘p o‘tkazib o‘tkazdik, keyinchalik birinchi bo‘lim yarmidan o‘tib, yana mezbonlar gol urishdi va har ikkala gol biz uchun tushunarsiz bo‘ldi. Bu esa raqib jamoaga qo‘l keldi. «Neftchi» bilan o‘z maydonimizda kechgan bahsda ham darvozamizdan tushunarsiz to‘p o‘tkazib yuborgandik. Bizda vaziyatni o‘nglash uchun vaqt bor edi. Masalan, 60-daqiqada Datsi gol urganida, o‘yin tizgini o‘zgarib ketishi mumkin edi.

Nimayam derdim, «Navbahor»ni g‘alaba bilan tabriklayman. FIFA kunlari jamoamiz foydasiga ishlamadi. Hali hammasi oldinda, to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— OKMK jamoasining markaziy himoyachisi Sardor Rahmonov jamoadan ketishi nima bilan bog‘liq?

— Hech narsa bilan bog‘liq emas. Sardor bizga ko‘p yillar yordam berdi. Lekin futbolda har bir narsaning boshi bo‘lgani kabi, oxiri ham bor. Rahmonov biz bilan iliq xayrlashib ketdi, bir-birimizga omad tiladik. Bugungi uchrashuv va mag‘lubiyatga Sardorning hech qanaqa aloqasi yo‘q.

— Bilamizki, jamoangiz ko‘p o‘yinlarda kambek amalga oshirdi. Bugun 2:0 hisobidan keyin ham vaziyatdan chiqib ketsa bo‘larmidi hamda bunga nima yetishmadi?

— Yana kambek qilishimiz uchun gol yetishmadi. Aytib o‘tganimdek, agar 60-daqiqada gol urganimizda hammasi boshqacha bo‘lardi. Qulay vaziyatdan foydalana olmaslik futbolchilarning asabiylashishlariga sabab bo‘ladi. Bugungi o‘yinda ham shunday bo‘ldi.

— O‘tgan bahsdagi natija (OKMK – «Sho‘rtan» — 0:0) bugungi uchrashuvga ta’sir qildimi?

— Hech qanaqa ta’sir qilgani yo‘q va bugungi o‘yinga aloqasi ham yo‘q. Chunki bir bellashuv boshqasiga ta’sir qilaversa, umuman futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Bugun yutqazdik. Buni tezroq unutib, 25 iyun kuni bo‘ladigan O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahsga hozirlanishimiz kerak. Biz har bir uchrashuvga yutuqni maqsad qilib chiqamiz. «Navbahor» tezkor gol urgach, tempni tushirishga, biz esa aksincha, ko‘tarishga harakat qildik.

— «Navbahor»ni qanchalik o‘rgangan edingiz?

— Biz har bir raqibni o‘rganib boramiz, lekin maydonda umuman boshqa narsa tus olishi mumkin. «Navbahor»da Jiyanov, Odilov, Ubaydullayev kabi vaziyat yarata oladigan yaxshi futbolchilar bor. Bugun omad yuz foiz «Navbahor» tomonida bo‘ldi, deb bemalol ayta olaman.

— Jamoangiz 4 ta turdan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Buning sabablari nimada deb o‘ylaysiz?

— Endi har turda kambek qilishning iloji yo‘q. O‘tgan o‘yinda «Sho‘rtan» bilan ham vaziyatlar bo‘lgandi. Gol urmasang, yutmaysan.

— Mavsum boshidagi uchrashuvlarda OKMK o‘yindan tashqari holat chizig‘ini ushlashni juda yaxshi qo‘llab kelayotgandi. Masalan, «Bunyodkor»ga qarshi kechgan bahsda ham shu narsa ko‘ringan edi. Lekin qarshi hujumlarda jamoangizda muammolar borligi ko‘zga tashlayapti...

— Buni doim ta’kidlab kelamiz. Bitta maqol borku, ko‘rpani o‘zingga tortsang, narigi tomoni ochilib qoladi. Bu bilan nima demoqchiman, jamoa hujumga chiqsa, himoyada bo‘shliqlar yuzaga keladi. Darvozabon yakka o‘zi qolib ketishi mumkin. Futbolda har doim hamma joyni to‘ldirish mushkul, baribir qayerdir ochiq qoladi. Shunaqa paytda kimdir foydalanib ketishi mumkin.

«Nasaf» bilan ham 1:1 hisobi qayd etilayotganida, faqat yutuqni ko‘zlab turgandik. Lekin yo‘q joydan Shuhrat Muhammadiyev to‘pni oldinga tepib yubordi, darvozabonimiz bilan himoyachimiz bir-birini tushunmay qoldi, bundan esa Cheran unumli foydalanib ketdi. Futbol shunisi bilan qiziq. Biz ochiq futbol o‘ynaymiz, muxlislarimizga ham katta rahmat, shuncha masofa bosib, Namanganga kelib, bizni qo‘llab turishdi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:27, 22.06.2025.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.