Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Vitaliy Levchenko: "Bitta uchrashuvga qarab xulosa chiqarish noto‘g‘ri"

Vitaliy Levchenko: "Bitta uchrashuvga qarab xulosa chiqarish noto‘g‘ri"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Neftchi" — "Mash’al" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— "Mash’al"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun hududiy jihatdan katta ustunlikka ega bo‘ldik, ammo buni natijada aks ettira olmadik. Kamdan kam kuzatiladigan holatda gol o‘tkazdik — standard vaziyatda keraklicha konsentrasiyani ushlay olmadik. Yigitlarga e’tiroz bildira olmayman.  Ular yaxshi harakat qilishdi, ammo realizasiya muammo bo‘ldi.

— Jamoani ichida qandaydir ommadan yashirilayotgan holatlar borga o‘xshamoqda. Eldor Suyunov birdan yo‘qolib qoldi. Zoran Marushich yo‘q, Farrux Sayfiyev yo‘q. Shu holatga yaxshiroq izoh bersangiz? Ularning jarohatda emasligini bilamiz...

— Kim nimani berkityapti? Suyunovda jarohat bor, u operasiya qilindi va Toshkentda tiklanmoqda. Sayfiyev ham terma jamoadan jarohat bilan keldi, Marushichda ham tiklanish jarayoni. Muammolar, jarohatlar bor. Hech nimani berkitmayapmiz, istalgan savolingiz bo‘lsa, men javob beraman.

— Biz "Neftchi"ning matbuot anjumanlariga kirmay qo‘ygandik. Chunki bizga "Bunyodkor"ga qarshi o‘yindan keyin murabbiylar shtabi tomonidan bosim bo‘lgan. Shtab bizning tanqidlarimizni to‘g‘ri qabul qila olmagan. Bugun ham kirmoqchi emas edik, ammo bugun biz o‘z tanqidlarimiz qanchalik to‘g‘ri bo‘lganini isboti bilan ko‘rib turibmiz. Farg‘onalik muxlislar "Neftchi"ning ertangi kuni qanday bo‘lishiga qiziqishmoqda. Men aynan shu savolni murabbiydan so‘ramoqchiman.

— Bosim aynan kim tomonidan bo‘lgandi? Menmi?

— Darvozabonlar murabbiyi Farrux Berdiyev va sizning yordamchi murabbiyingiz tomonidan bizga bosim bo‘lgan.

— "Neftchi"ning kelajagi yaxshi bo‘ladi. Hammasi joyida.

— "Qizilqum" va "Dinamo"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonsak, birinchi davrani yaxshi yakunlashimiz mumkin. Shuni hisobga olgan holda "Neftchi"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

— G‘alaba uchun boramiz bu o‘yinlarga. Hozir esa tiklanish kerak. "Buxoro" va "Mash’al" bilan qiyin o‘yinlar o‘tkazdik. Vaqt kam, xatolar ustida ishlash, tiklanish kerak. Bugun golga individual xato sabab bo‘ldi, ammo o‘yinda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Bizning hozirgi maqsadimiz — tiklanish.

— "Neftchi" tarkibida nomdor futbolchilar bor, ammo ular o‘z darajalarida o‘ynay olmayapti. Bunga sabab nima?

— O‘yinchilar borasida gapirsak, tarkibga endigina qaytgan o‘yinchilar bor. Yovovich birinchi o‘yiniga qadar bor yo‘g‘i 1-2 kun mashg‘ulot olib bordi. Bugun u maydonga tushdi, u jismoniy holatini tiklashi kerak. Menga shu holatda bo‘lgan ba’zi o‘yinchilarni maydonga tushirmaysiz deb aytasiz. Mashg‘ulotlar jarayonida ular formalarini tiklab olishadi. Bizdagi ba’zi o‘yinchilar uchrashuvlar davomida katta energiya sarflashadi, ularning tiklanishiga vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, yosh masalasi ham bu o‘rinda muhim. Shunga o‘xshash muammolar bizda bor. Hozir havo ham juda issiq. Men bu faktorlarni bahona sifatida ishlatmoqchi emasman. Men shunchaki vaziyatga to‘g‘ri baho berishingizni xohlayman.

— "Neftchi" chempionat boshida muxlislar tashrifi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda edi. Hozir esa ko‘rsatilayotgan natija va o‘yin sifati sababli muxlislar oqimi borgan sari kamayib bormoqda. "Neftchi"dan kelajakda nima kutishimiz mumkin? Chempionatda doim yuqori o‘ringa kurashamiz deb va’da beriladi. Jamoaga pul tikilmoqda, o‘yinchilar ko‘ngildagidek. O‘zbekistonning eng kuchli tarkibi bilan natija ko‘rsata olmayapmiz. Muxlislar tomonidan bildirilgan e’torozlarga esa klub tomonidan javob berilmayapti. Bugun ham muxlislarning e’tirozlariga guvoh bo‘ldik. Bu masalalarga janob Levchenko qanday javob beradi?

— "Neftchi" chempionlik uchun kurashmoqda. Har bir jamoada qiyin vaziyatlar bo‘ladi. Ko‘tarilish va tushish bo‘lishi tabiiy. Shunchaki ishlashda davom etish lozim. Optimizmsiz oldinga intilib bo‘lmaydi. Bitta uchrashuvga qarab fikr chiqarish noto‘g‘ri. Masofa uzoq, chempionat davomida ko‘p narsa o‘zgarib ketishi mumkin. Har bir jamoa nima uchundir kurashmoqda. Bugun "Mash’al" rotasiya qildi va o‘yinda g‘alaba qozondi.

— Jamshid Iskanderovni ikkinchi bo‘lim boshida almashtirib yuborishingizga sabab nima? U o‘yining kerakli vaziyatlarida masalani hal qilishi bilan ajralib turadi. Bugun esa Jamshidni ikkinchi bo‘lim boshida almashtirib yuborilmoqda, ikkinchi bo‘limda esa juda ko‘p vaziyatlarda Iskanderov kabi o‘yinchilar yetishmayapti. Bu qarorning sababi nima?

— Biz oldingi chiziqni kuchaytirmoqchi bo‘ldik. G‘iyosovda tezlik bor. U oldingi shiddat qo‘shishi reja qilindi. Unda ajoyib vaziyat ham bo‘ldi. Iskanderovga kelsak, u boshqacharoq tipdagi o‘yinchi. Biz o‘yinga agressiya qo‘shmoqchi edik. O‘yinchi bu vaziyatlardan foydalanadimi yo‘qmi bu boshqa masala. Muhammadali o‘z vaziyatdan foydalanib ketishi mumkin edi.

— Tabatadze va Marushich tekinga o‘ynamaydi. Lekin ularning o‘yini umuman qovushmayapti. Ikkinchi davrada hujumni kuchaytirish reja qilinyaptimi?

— Keling, avval birinchi davrani tugatib olaylik. Uyog‘iga ko‘ramiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:51, 24.06.2025.
O'qildi: 1418 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик