Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Messi Saudiya klubiga o‘tish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Messi Saudiya klubiga o‘tish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistonining «Mahd» akademiyasi direktori Abdullo Hamad hamda Saudiya Pro Ligasi vakillari bilan bevosita aloqada bo‘lib turibdi. Bu haqda jurnalist va insayder Sasha Tavolyeri X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida darajadagi muzokaralar jadal kechmoqda. Shu bilan birga, yakuniy natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Messi qaysi klubda o‘ynashni shaxsan o‘zi tanlaydi. Shuningdek, argentinalik futbolchi Ar-Riyod shahri bilan yaxshi tanish ekani va u yerda ko‘rgan uylar hamda maktablardan katta taassurot olgani ta’kidlangan.

Ayni paytda Lionel Messi AQSHning «Inter Mayami» jamoasida to‘p tepadi. Undan avval u «PSJ» va «Barselona» jamoalarida o‘ynagan. Shuningdek, mashhur futbolchi faoliyatining ilk bosqichida olti yil davomida «Nyuells Old Boyz» akademiyasida tarbiyalangan. Messi faoliyati davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, jumladan, Argentina terma jamoasi safida 2022 yilda jahon chempionatida g‘olib chiqqan va sakkiz marotaba «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘lgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:09, 26.06.2025.
O'qildi: 3087 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик