Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Superliga. "Bunyodkor" "So‘g‘diyona" bilan o‘yinni "Do‘stlik" stadionida o‘tkazadi

Superliga. "Bunyodkor" "So‘g‘diyona" bilan o‘yinni "Do‘stlik" stadionida o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" — "So‘g‘diyona" uchrashuvi 29-iyun kuni "Bunyodkor" stadionida o‘tkazilishi lozim edi.

17-iyun kuni O‘FA Ligaga xat yo‘llab, "Bunyodkor" stadionida ayollar o‘rtasida Osiyo kubogining saralash uchrashuvlari o‘tkazilishini, shundan kelib chiqib, Superliga o‘yinini boshqa stadionga ko‘chirishni so‘radi. O‘z navbatida "Bunyodkor" O‘FA bilan kelishgan holda "So‘g‘diyona" bilan uchrashuvni "Do‘stlik" stadioniga o‘tkazishga qaror qildi. "Bunyodkor" arenada esa O‘zbekiston, Nepal, Laos, Shri Lanka ayollari o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, Superliga va Proliga reglamentiga ko‘ra, rasmiy uchrashuv o‘tkaziladigan stadion bellashuv startiga 20 kun qolganida aniq bo‘lishi lozim. Biroq mazkur o‘zgarish sababchisi "Bunyodkor" emasligidan kelib chiqib, Superliga o‘yini mezbonlik bilan bog‘liq barcha talablarni to‘liq bajarish shartida boshqa stadionga ko‘chirildi.

Kiritildi: 15:52, 26.06.2025.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик