Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Atletik Bilbao" sobiq prezidenti: "Barselona" o‘ziga xos bo‘lmay qoldi"

"Atletik Bilbao" sobiq prezidenti: "Barselona" o‘ziga xos bo‘lmay qoldi"

Baho:
+ | -1

"Atletik"ning sobiq prezidenti Aytor Elizegi Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Niko Uilyamsni sotib olishga qiziqish bildirayotgan "Barselona"ning transfer niyati haqida keskin fikr bildirdi.

Avvalroq basklar rahbariyati tovon puli masalasida yon bosishga tayyor emasligini, transferning o‘zi esa kataloniyaliklarga 58-62 million yevroga tushishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

2018 yildan 2022 yilgacha Bilbao klubi prezidenti bo‘lgan Elizegi Nikoning ketishi mumkinligiga hissiy munosabat bildirdi:

"Barsa" o‘zi tasavvur qilgan qadriyatlardan juda uzoq. "Barselona" o‘ziga xos bo‘lmay qoldi. U hammamiz bilganimizdan ancha uzoq. Niko bu yerga bolaligida kelgan, biz uni tarbiyalaganmiz. U "Atletik"da bo‘lishni istamasligini ko‘rsatsa, bu og‘riqli," - deya sobiq prezidentning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ma’lumki, "Atletik" barcha tovon pulini bir marta to‘lashni talab qilmoqda, "Barselona" esa uni bo‘laklarga bo‘lishni taklif qilmoqda.

Kiritildi: 18:16, 29.06.2025.
O'qildi: 2727 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик