Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Shtutgart" Voltemadeni 60-70 million yevroga baholamoqda

"Shtutgart" Voltemadeni 60-70 million yevroga baholamoqda

Baho:
+ | -

"Shtutgart" "Bavariya" bilan hujumchi Nik Voltemade borasida muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 23 yoshli futbolchi myunxenliklarning transfer maqsadlari orasida qolmoqda.

Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, "Shtutgart" “Bavariya” keyingi 24 soat ichida Voltemade bo‘yicha birinchi rasmiy taklifni yuborishini kutmoqda. Avval xabar qilinganidek, shvabiyaliklar mish-mishlarga qaramay, forvard uchun 100 million yevro, hattoki 80 million yevro ham so‘ramayapti. Klub o‘z yulduzini 60-70 million yevroga baholamoqda. Shartnomaga "Bavariya" futbolchilaridan biri ham kiritilishi mumkin.

Nik Voltemade o‘tgan mavsumda “Shtutgart” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 05:07, 01.07.2025.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.