Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Osiyoning eng qimmat chempionatlari (top-10)

Osiyoning eng qimmat chempionatlari (top-10)

Baho:
+1 | -

So‘nggi yillarda Osiyo futboli jadal rivojlanib, qit’a chempionatlariga qaratilgan e’tibor sezilarli darajada ortdi. Ayni damda ko‘plab mamlakatlar futbolni strategik yo‘nalish sifatida qabul qilib, mahalliy chempionatlariga katta moliyaviy sarmoyalar kiritmoqda. Natijada ayrim milliy ligalar transfer bozori, futbolchilarning qiymati hamda infratuzilma darajasi bo‘yicha jahon miqyosida raqobatbardosh darajaga yetdi. Shu bois, quyida Osiyo qit’asining eng qimmat 10 ta chempionati haqida ma’lumot beramiz.

Hozirda OFKga a’zo 31 ta mamlakat muntazam ravishda o‘z milliy chempionatlarini o‘tkazib kelmoqda. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ligalar orasida eng qimmat futbol chempionati Saudiya Arabistoni Proligasi hisoblanadi. So‘nggi yillarda mazkur mamlakat yulduz futbolchilarni jalb qilish evaziga sezilarli darajada o‘sishga erishdi.

Jumladan, Saudiya Proligasida Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Kalidu Kulibali, Riyod Mahrez va Sadio Mane kabi futbolchilar to‘p surmoqda. Shu sababli, mazkur chempionat hozirda Osiyoning eng qimmat ligasi hisoblanadi. Proliganing umumiy qiymati 839,2 million yevroni tashkil qiladi. Chempionatdagi futbolchilarning 29,4 foizi xorijliklar hisoblanadi. Mamlakatning eng qimmat jamoasi — “Al-Hilol”, uning umumiy qiymati 159,7 million yevroga teng.

Ikkinchi o‘rinda Yaponiya J 1 ligasi turibdi. Azaldan ma’lumki, Kunchiqar yurt (Yaponiya) iqtidorli futbolchilarni yetishtirish bilan mashhur. Hozirda ushbu liganing umumiy qiymati 301 million yevroni tashkil etadi. J 1 ligasidagi futbolchilarning 13,5 foizi legionerlar, qolgan 86,5 foizi mahalliy o‘yinchilardan iborat. Mamlakatning eng qimmat jamoasi — “Kashima Antlers”, uning qiymati 20,6 million yevro.

Kuchli uchlikni Birlashgan Arab Amirliklari Proligasi yakunlaydi. Hozirgi kunda amirliklar chempionatining umumiy bozor qiymati 287,7 million yevroni tashkil qiladi. BAA ligasida jami 431 futbolchi to‘p surmoqda. Chempionatdagi futbolchilarning 43 foizi legionerlar bo‘lib, asosan braziliyalik mahalliylashtirilgan futbolchilar faoliyat yuritadi. Eng qimmat klub — “Shabab Al-Ahli”, uning qiymati 44,2 million yevro.

O‘zbekiston Superligasi ushbu ro‘yxatda 8-o‘rinni egallagan. Chempionatning umumiy bozor qiymati 86,9 million yevroni tashkil etadi. Ligada 426 futbolchi faoliyat yuritadi, ularning 70 nafari, ya’ni 16,4 foizi xorijlik legionerlar hisoblanadi. Eng qimmat futbolchilar — “Nasaf”ning ikki a’zosi, Abduvohid Ne’matov va Akmal Mozgovoy, ularning har birining qiymati 1,5 million yevro. Mamlakatning eng qimmat jamoasi esa Toshkentning “Paxtakor” klubi bo‘lib, uning qiymati hozirda 11,3 million yevroga teng.

Osiyoning eng qimmat chempionatlari (top-10):

1. Saudiya Arabistoni — Proliga — 839,2 million yevro
2. Yaponiya — J 1 Liga —301 millon yevro
3. Birlashgan Arab Amirliklari — 287,7 million yevro
3. Qatar — Yulduzlar ligasi — 284,3 million yevro
4. Janubiy Koreya — K 1 Liga — 137,4 million yevro
5. Xitoy — Superliga — 134,3 million yevro
6. Eron — Proliga — 124,4 million yevro
7. O‘zbekiston — Superliga — 86,9 million yevro
8. Avstraliya — A liga — 82,2 million yevro
9. Tailand — Tai Liga — 68,2 million yevro

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:29, 02.07.2025.
O'qildi: 5493 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.