Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Luchesku Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishni rejalashtirmoqda

Luchesku Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

Ukrainaning «Shaxtyor» va «Dinamo» klublarining sobiq murabbiyi, hozirda Ruminiya terma jamoasiga boshchilik qilayotgan Mircha Luchesku 2026 yil yozida ushbu lavozimni tark etishini ma’lum qildi.

AS.ro nashrining xabar berishicha, 79 yoshli mutaxassis yaqinda mamlakat futbol federasiyasi rahbariyati bilan suhbat o‘tkazib, jahon chempionati–2026 saralash natijalaridan qat’i nazar, terma jamoani tark etishga qaror qilganini bildirgan.

Agar Ruminiya jahon chempionatiga yo‘llanma olsa, Luchesku musobaqa yakunigacha jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlashda davom etadi. Agar terma jamoa saralashni o‘ta olmasa, u so‘nggi saralash uchrashuvidan so‘ng lavozimini tark etadi.

Bu qarorga asosiy sabab sifatida tajribali mutaxassis o‘z yoshini ko‘rsatmoqda — joriy oyda u 80 yoshga to‘ladi.

Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga Yevro–2024 turniridan keyin Lucheskuning o‘rniga kelgan Edvard Yordanesku qaytishi mumkin. 47 yoshli mutaxassis Yevropa chempionatdan so‘ng jamoani tark etgan, hozirda esa Polsha klubi «Legiya»ni boshqarmoqda. U asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ruminiya JCH–2026 saralash bosqichida shu paytgacha 4 ta o‘yin o‘tkazdi: Bosniya va Gersegovinaga 0:1 hisobida yutqazdi, San-Marinoni 5:1 hisobida mag‘lub etdi, Avstriyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va Kipr ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Ayni paytda Luchesku shogirdlari guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 21:25, 02.07.2025.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик