"Al-Qodisiya" Mateo Retegi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Saudiya Arabistoni klubi "Atalanta"ga 40 million yevrolik ilk taklif bilan chiqdi.
Italiya jamoasi 26 yoshli hujumchi uchun ko‘proq pul olishni istayotgani aytilmoqda.
"Al-Qodisiya" ham futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlagan.
O‘tgan mavsumda Mateo Retegi 36 ta o‘yinda 25 ta gol urib, A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.













