Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach "Real"ga qarshi o‘yin oldidan Orelyen Tchuameni haqida fikr bildirdi.
Kovach Tchuameni bilan "Monako"da birga ishlagan.
"Vaqti-vaqti bilan Orelyen bilan gaplashib turamiz.
U bilan ishlash juda yoqimli edi va men unga turli masalalarda maslahat bera olganimdan xursandman", - dedi Kovach matbuot anjumanida.













