Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Bayer" darvozaboni PSVga o‘tmoqda

"Bayer" darvozaboni PSVga o‘tmoqda

Baho:
+ | -

Leverkuzenning "Bayer" klubi chexiyalik darvozaboni Matey Kovarj Niderlandiyaning PSV klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klublar 25 yoshli Kovarjni besh million yevro va ikki million bonus evaziga transfer qilish bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Bundan tashqari, shartnomaga "Bayer" futbolchining keyingi sotuvidan ma’lum foiz olishi haqidagi band kiritilgan.

Kovarj 2023 yildan beri "Bayer" sharafini himoya qilmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va to‘qqiz marta o‘z darvozasini daxlsiz qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 17:10, 05.07.2025.
O'qildi: 551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.