Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

"MYU" Fernandesh va Dalotga mashg‘ulotlarga qaytishni kechiktirishga ruxsat berdi

"MYU" Fernandesh va Dalotga mashg‘ulotlarga qaytishni kechiktirishga ruxsat berdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh va Diogo Dalotga mavsumoldi mashg‘ulotlarga qaytishni kechiktirishga ruxsat berdi.

Shanba kuni Fernandesh va Dalot Ispaniyada avtohalokatda halok bo‘lgan "Liverpul" hujumchisi Diogo Jota va uning ukasi Andrening dafn marosimida ishtirok etishdi.

O‘tgan oyning o‘zida Fernandesh, Dalot va Jota Portugaliyaning Millatlar ligasidagi g‘alabasini birgalikda nishonlashgandi.

Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, Fernandesh va Dalot jamoadoshining fojiali o‘limidan xafa bo‘lishgan, shuning uchun "MYU" ikkalasiga ham o‘z fikrlarini to‘plash uchun yana bir necha kun berilgan.

Qolaversa, "Manchester Yunayted"ning boshqa futbolchilari 2025/26 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlash uchun yozgi tanaffusdan keyin birinchi marta Karrington bazasiga kelishdi.

Kiritildi: 16:38, 07.07.2025.
O'qildi: 1445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.