Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tyago Silva sobiq jamoasi "Chelsi"ga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

Tyago Silva sobiq jamoasi "Chelsi"ga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

Baho:
+ | -

"Fluminense" klubi markaziy himoyachisi Tyago Silva klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi o‘yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

Bellashuv seshanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

"Chelsi" bilan uchrashganimdan xursandman, men uchun bu o‘ziga xos o‘yin bo‘ladi, ammo finalga chiqsak, yanada o‘ziga xos bo‘ladi. Enso Mareskani unchalik yaxshi bilmayman, ammo "Chelsi"ning ko‘plab futbolchilarini bilaman. Ularning ba’zilari menga juda yaqin, deyarli har hafta muloqot qilamiz. "Chelsi"da boshimdan o‘tkazganlarim uchun minnatdorman. U yerda ajoyib vaqt o‘tkazdim va faoliyatimdagi eng muhim sovrinlardan birini qo‘lga kiritdim," - deya braziliyalikning so‘zlarini keltiradi jurnalist Nizaar Kinsella.

Tyago Silva 2020-2024 yillar davomida "Chelsi" sharafini himoya qilgan. Sentyabr oyida faxriy 41 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 08:04, 08.07.2025.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик