"Chelsi" himoyachisi Uesli Fofana turli klublar tomonidan unga qiziqish bildirilayotgani haqidagi mish-mishlar fonida o‘zining kelajagi haqida bayonot berdi.
"Men "Chelsi" futbolchisiman va bundan faxrlanaman. Hech qayoqqa ketishni istamayman. Men bu yerda baxtliman, rahmat",dedi futbolchi.
2024/2025 yilgi mavsumda futbolchi klublar o‘rtasidagi barcha musobaqalarda 14 ta o‘yin o‘tkazdi.













