"Real" futbolchilari bo‘lgan samolyot Nyuark aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. El Chiringuito xabariga ko‘ra, havo transporti belgilangan manzilga ikki soatga kechikib yetib kelgan.
Samolyot shahar osmonida aylanib, bo‘ron tufayli qo‘na olmadi.
9 iyul, chorshanba kuni "Real" "Midouelnds" stadionida "PSJ"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Avvalroq "Chelsi" "Fluminense"ni mag‘lub etib (2:0), klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqqan edi.













