Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Simeonening yordamchisi Anchelottining o‘g‘liga yangi klubida yordam beradi

Simeonening yordamchisi Anchelottining o‘g‘liga yangi klubida yordam beradi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubida Diyego Simeone murabbiylar shtabida ishlagan Luis Tevenet faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.

51 yoshli mutaxassis "Botafogo"ning yangi bosh murabbiyi Davide Anchelotti murabbiylar shtabini to‘ldiradi. Rio-de-Janeyro klubi seshanba kuni italiyalik mutaxassisning tayinlanganini rasman e’lon qildi. "Botafogo"ga Karlo Anchelottining o‘g‘li bilan birga ilgari Simeonening yordamchisi bo‘lgan Tevenet ham keldi.

Davide Anchelotti ilk bor bosh murabbiy sifatida o‘zini sinab ko‘radi - bungacha u uzoq yillar davomida otasiga yordam bergan.

Luis Tevenet o‘tgan yildan beri "matraschilar"ning asosiy jamoasida texnik yordamchi bo‘lib ishlagan, bungacha esa uch yil davomida madridliklarning dublini boshqargan.

Kiritildi: 09:49, 09.07.2025.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик