"Rubin"ning sobiq himoyachisi Rustam Ashurmatov qozonliklar forvardi Mirlind Dakuning "Zenit"ga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.
"Jamoadagilar Dakuning "Zenit"ga transferi barbod bo‘lganidan xursand bo‘lishdi. Boshqa hujumchi topilgan taqdirda ham, u xuddi shunday o‘ynashi aniq emas," - deya Ashurmatovning so‘zlarini keltiradi "Chempionat."
Daku 2023 yildan beri "Rubin" sharafini himoya qilmoqda. U o‘tgan mavsumda RPL va Rossiya Kubogida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













