“Rubin”ning sobiq futbolchisi Rustam Ashurmatov kimlarni Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi hujumchilari deb bilishini aytdi. U jamoadoshi Mirlind Daku, shuningdek, “Krasnodar” hujumchisi Jon Kordobani alohida ta’kidladi.
— Sizningcha, Rossiya chempionatining eng kuchli hujumchisi kim?
— Men Dakuni va Kordobani aytishim mumkin. Mirlind hozirgina “Rubin”ga o‘tgan futbolchiga nisbatan bugun butunlay boshqacha o‘yinchiga aylangan", — dedi Ashurmatov.
O‘tgan mavsumda "Rubin" Rossiya Premyer-ligasi turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egalladi. “Krasnodar” esa mamlakat chempioniga aylandi.













