Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Marsel" tajribali yarim himoyachisini sotmoqchi

"Marsel" tajribali yarim himoyachisini sotmoqchi

Baho:
+ | -

Valanten Ronjye "Marsel" bilan shartnomasining so‘nggi yiliga kirmoqda va L'Equipe xabariga ko‘ra, yangi bitim bo‘yicha muzokaralar amalda to‘xtab qolgan.

Manbaga ko‘ra, tomonlar moliyaviy shartlar borasida kelishmovchilikka ega: Ronjye Joffrey Kondogbia darajasida maosh olishga intilmoqda, klub esa yarim himoyachining hozirgi maoshi - oyiga taxminan 330 ming yevro - uni allaqachon jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi o‘n nafar futbolchisidan biriga aylantiradi, deb hisoblamoqda.

"Marsel" o‘z futbolchisini sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Qayd etilishicha, fransuz klubi transfer narxini 10 million yevro etib belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, Ronjye 2024/25 yilgi mavsumda "Marsel" safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:47, 10.07.2025.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик