Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Filippinlik ikki vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Marlon Tapales yaqin kunlarda Yaponiyaga yo‘l oladi. Maqsad — sobiq raqibi va yaqin do‘sti Naoya Inouening navbatdagi jangi tayyorgarligida ishtirok etish. Inoue bu safar WBA Interim kamari sohibi, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevga qarshi ringga chiqadi. Tapales esa ushbu tayyorgarlik jarayonida unga sparring raqib sifatida yordam beradi.

"Men yaqin haftalarda Yaponiyada mashg‘ulot olib boraman — bu safar sobiq raqibim va do‘stim Naoya Inouega, mening eski raqibim Murodjon Ahmadaliyevga qarshi tayyorgarlik ko‘rishda yordam beraman. Bu tajriba menga o‘zimning optimal sport formasini tiklashga va kelajakda yana jahon chempionligi sari yo‘l olishga zamin yaratadi", — deydi Tapales.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 8 aprel kuni Marlon Tapales Murodjon Ahmadaliyevga qarshi super yengil vazn toifasida ringga chiqib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan va Ahmadaliyevning WBA (Super) hamda IBF kamarlarini qo‘lga kiritgan. Shundan keyin Tapales 2023 yil dekabr oyida Naoya Inouega qarshi shu vazn toifasida ringga chiqib, WBA (Super) va IBF kamarlarini yo‘qotgan. Naoya Inoue esa ushbu vaznda WBA, WBC, IBF va WBO kamarlarini birlashtirib, mutlaq jahon chempioniga aylangan.

Ma’lumot uchun, Inoue va Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang 14 sentyabr kuni Nagoya shahridagi “IG Arena” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:55, 12.07.2025.
O'qildi: 1898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик