Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sancho "Yuventus"ga o‘tish uchun maoshini pasaytirishga rozi bo‘ldi

Sancho "Yuventus"ga o‘tish uchun maoshini pasaytirishga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho faoliyatini "Yuventus"da davom ettirish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi. Bu haqda Tuttosport nashriga tayanib Football Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ingliz bir mavsum uchun 5 mln yevro maoshga rozi. Shu bilan birga, shartnomada 1,5 million yevro miqdorida bonuslar qayd etilishi mumkin.

Avvalroq, "Yuventus" mankunianliklar bilan muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘lgandi - italyan klubi Sanchoni 15 mln yevroga sotib olmoqchi.

Kiritildi: 20:13, 13.07.2025.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик