Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Man Yunayted» Garnachoni mavsumoldi o‘yinlariga olib ketmaydi

«Man Yunayted» Garnachoni mavsumoldi o‘yinlariga olib ketmaydi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumkor yarim himoyachisi Alexandro Garnacho jamoa bilan mavsumoldi yig‘iniga bormaydi. Bu haqda jurnalist Semyuel Lakxerst xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" murabbiylar shtabi 21 yoshli argentinalik futbolchini mavsumoldi safari uchun qaydnomaga kiritishni rejalashtirmayapti.

O‘tgan mavsumda Garnacho barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 58 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Garnachoning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 45 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:32, 14.07.2025.
O'qildi: 1650 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик