Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Dani Sebalyos «Betis»ga qaytishi mumkin

Dani Sebalyos «Betis»ga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos "Betis"ga o‘tishi haqidagi savolga javob berdi. Avvalroq, Ispaniya poytaxti klubi futbolchini sotishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchi Sevilya jamoasini o‘z uyi deb bilishini ta’kidladi.

"Kelajak haqida shu haftadan keyin gaplashamiz. Hozircha hech qanday uchrashuv bo‘lgani yo‘q. "Betis" mening uyim va har doim shunday bo‘lib qoladi. Umid qilamanki, eshiklar men uchun doimo ochiq bo‘ladi," - deya Sebalyosning so‘zlarini keltiradi AS.

Sebalyos 2011 yildan 2017 yilgacha "yashil-oqlar" tizimida o‘ynagan va barcha turnirlarda asosiy jamoa safida 105 ta o‘yin o‘tkazib, yettita gol urishga muvaffaq bo‘lgan. O‘tgan mavsumda 28 yoshli ispaniyalik futbolchi "Real" safida 44 marta maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:46, 14.07.2025.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик