"Kristal Pelas" forvardi Jan-Filipp Mateta faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Footmercato.
Manbaga ko‘ra, "Liverpul" 28 yoshli fransuz bilan muzokara o‘tkazgan. Futbolchi Parijda klub vakillari bilan uchrashdi.
2024/25 yilgi mavsumda Mateta 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













