Madridning "Real" klubi Luka Modrichning jamoadan ketishi ortidan yarim himoya pozisiyasini kuchaytirish niyatida.
ABC nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" short-listiga hozirda "Shtutgart"dan Anjelo Shtiller, "PSJ"dan Vitinya va "Liverpul"dan Aleksis Makallister kiritilgan.
O‘z navbatida klub transfer uchun katta mablag‘ ajratishga tayyor emas.













