Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Neymar o‘zining shaxsiy kolleksiyasiga yana bir noyob eksponat qo‘shib qo‘ydi

Neymar o‘zining shaxsiy kolleksiyasiga yana bir noyob eksponat qo‘shib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Braziliyalik mashhur futbolchi Neymar bu safar maydondagi o‘yini emas, balki maydondan tashqaridagi navbatdagi noodatiy xaridi bilan omma e’tiborini tortdi. Futbolchi superqahramonlarga, ayniqsa, Betmenga bo‘lgan qiziqishi bilan tanilgan. Endilikda u shaxsiy kolleksiyasiga yana bir noyob eksponat — Betmobilning maxsus nusxasini qo‘shib qo‘ydi.

Neymarning Betmen obraziga bo‘lgan qiziqishi muxlislariga yaxshi ma’lum. U bir necha bor superqahramon kostyumida tadbirlarda ishtirok etgan, o‘zining shaxsiy vertolyotini Betmen olamiga xos tarzda bezatgan — u yerda Bat-signal logotipi, qora ranglar va boshqa superqahramonga oid elementlar ishlatilgan. Shuningdek, tug‘ilgan kunida unga Betmenning haykalini sovg‘a qilishgan. Endilikda esa hujumchi maxsus ishlab chiqilgan Tumbler rusumidagi Betmobili bilan omma e’tiboriga tushdi.

Uch yilga yaqin mehnat mahsuli

Ushbu mashinaning ishlab chiqilishi ustida mashhur braziliyalik dizayner Adhemar Kabral va uning jamoasi uch yil davomida ishlagan. Ular mashhur “Qorong‘i risar” (“The Dark Knight”) trilogiyasidagi Betmobil nusxasini iloji boricha asliga yaqin ko‘rinishda yasashga harakat qilishgan. Mashina to‘liq qo‘lda yasalgan bo‘lib, har bir detali ehtiyotkorlik bilan yig‘ilgan.

Mazkur noyob avtomobil Neymar yashayotgan Santos shahrida topshirildi. Uning taqdimoti shahar ahlida, avtomobil ishqibozlari va kolleksionerlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Texnik imkoniyatlari va chegaralari

Betmobil kuchli V8 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 450–500 ot kuchiga ega. Ammo uning noodatiy dizayni va texnik xususiyatlari tufayli bu mashina ommaviy yo‘llarda harakatlanish uchun ruxsatga ega emas. U faqat yopiq maydonlarda yoki maxsus tadbirlarda namoyish etilishi mumkin.

Avtomobilning yana bir o‘ziga xos jihati — orqa gaz chiqarish tizimidan haqiqiy olov chiqishi kabi maxsus effektlar bilan jihozlangani.

Betmenning ashaddiy muxlisi

Neymar Betmenning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. U 2016 yilda aktrisa Bruna Markezine bilan birga o‘tkazilgan ziyofatda Betmen va Koshkakelin obrazida qatnashgan, Betmen logotipi tushirilgan futbolkalarni kiygan, hattoki o‘zining shaxsiy vertolyotiga Bat-signal tasvirini tushirtirgan. Eng e’tiborlisi esa — unga futbolchi Mauro Ikardi va uning rafiqasi Vanda Nara tomonidan sovg‘a qilingan Betmen haykalidir.

Neymarning dizayneri: “U oddiy kolleksioner emas”

Betmobil loyihasi ustida ishlagan dizayner Adhemar Kabral Neymar bilan avval ham ishlagan — u futbolchi uchun maxsus oltin qoplamali kreslo va poyga simulyatori yasagan. Kabralning aytishicha, Betmobil — uning faoliyatidagi eng murakkab va shu bilan birga eng zavqli loyihalardan biri bo‘lgan.

"Har bir payvand, har bir vint, har bir element e’tibor bilan ishlab chiqildi. Neymar oddiy kolleksioner emas. U Betmenning haqiqiy muxlisi va bu mashina shuni aks ettirishi kerak edi".

Neymar kolleksiyasidagi noyob durdona

Neymar o‘zining hashamatli avtomobillarga bo‘lgan qiziqishi bilan ham mashhur. Uning garajida dunyoning yetakchi brendlari va shaxsiy buyurtma asosida tayyorlangan avtomobillar bor. Ammo Betmobil o‘zining kino madaniyati bilan uzviy bog‘liqligi va ramziyligi bilan ushbu kolleksiyada alohida o‘rin egallaydi.

Bu mashina nafaqat Neymarning boyligi va noodatiy didini aks ettiradi, balki uning yillar davomida shakllangan superqahramon olamiga bo‘lgan sadoqatining ham yorqin namunasi hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:51, 16.07.2025.
O'qildi: 2093 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.