Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

“Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayev uchun qancha to‘lamoqchiligi ma’lum bo‘ldi

“Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayev uchun qancha to‘lamoqchiligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Turkiya Superligasi vakili — “Bashakshehir” klubiga o‘tishga juda yaqin. Bu haqda "Perviy Sport" nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Istanbul klubi moskvaliklar bilan faol tarzda muzokara olib bormoqda. “Bashakshehir” Fayzullayev uchun 7,5 million yevro to‘lashga tayyor, kelishuvga esa qo‘shimcha bonuslar ham kiritilishi mumkin. E’tiborlisi, “Bashakshehir” ushbu to‘lovni bir yo‘la, bir martalik to‘lov tarzida amalga oshirishga tayyorligi bildirilgan.

“SSKA” 21 yoshli hujumkor yarim himoyachini 2023 yil Toshkentning “Paxtakor” klubidan atigi 500 ming yevro evaziga sotib olgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakuniga yetadi, shuning uchun Moskva klubi uni aynan shu transfer oynasida sotishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Fayzullayev o‘tgan mavsum “SSKA” safida 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. U Rossiya Premyer Ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgan. Transfermarkt portali esa uning qiymatini 8 million yevro deb baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:11, 16.07.2025.
O'qildi: 5603 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик