Hozirda "Betis" sharafini himoya qilayotgan "Real" sobiq futbolchisi Isko Zinedin Zidan boshqaruvi davridagi o‘yinlarini yodga oldi.
"Zidan "Real Madrid"ning menga ishonch bildirgan yagona murabbiyi edi. U hatto Benzema va Ronaldu juftligi ortida o‘ynashim uchun taktik sxemani ham o‘zgartirgan edi", - dedi 33 yoshli ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi.













