O‘zbekistonda yozgi transferlar oynasi davom etmoqda.
Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘zining akademiya tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Quvonchbek Abrayev bilan yangi kelishuvga erishdi.
Yangi bitimga ko‘ra, 18 yoshli hujumchi keyingi 3 yilni “temiryo‘lchilar” safida o‘tkazadi.
Iqtidorli futbolchi ushbu mavsum «Lokomotiv» libosida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 6 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.













