Mavsum boshidan "oltin izlovchilar" sharafini himoya qilib kelgan serbiyalik vinger Alen Mashovich o‘zaro kelishuv asosida klubni tark etdi.
Navoiyliklar safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushgan Alen o‘z hisobiga 4 ta gol va 1 ta gollik uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.
Avvalroq jamoani gruziyalik Elguja Lobanidze ham tark etgandi.













