O‘zbekistonlik yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarov Bangladeshning “Mohammadan” klubida qoldi.
Futbolchi klub bilan shartnomasi muddatini uzaytirganini e’lon qildi.
O‘tgan yili u klub bilan birgalikda mamlakat chempioni bo‘lgan. Shuningdek, mamlakat kubogi sohibiga ham aylangan.













