Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Futzal. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga boradi

Futzal. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga boradi

Baho:
+ | -

Shu yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasida uchinchi yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Sportning 17 turini jamlagan to‘rt yillikning yirik anjumanida O‘zbekiston o‘smirlar futzal terma jamoasi ham ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi III Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasiga ishonchnoma jo‘natdi.

Dilshod Rahmatov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoamiz Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Murabbiylar shtabi barcha viloyatlarda bir nechta ko‘rik mashg‘ulotlarini tashkil etib, eng munosib nomzodlarni poytaxtimizda jamladi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kechgan kengaytirilgan yig‘in yakuniy tarkibni aniqlab olishda qo‘l keldi. Shunga ko‘ra Bahraynga boruvchi nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi va kengaytirilgan qaydnoma Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasiga jo‘natildi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 23:39, 18.07.2025.
O'qildi: 1191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик