"Sassuolo" bir yillik tanaffusdan so‘ng yana A Seriyaga qaytdi. Fabio Grosso shogirdlari allaqachon yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish yo‘llarini qidirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, klub safiga Italiya terma jamoasi sobiq vingeri Lorenso Insinye kelib qo‘shilishi mumkin.
Futbolchi yaqindagina Kanadaning "Toronto" klubini tark etgan edi.













