"Manchester Yunayted" yangi hujumchisi Mateus Kunya jamoa safidagi debyutidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ularini ijtimoiy tarmoqlarda bayon etdi.
26 yoshli braziliyalik futbolchi "Lids"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (0:0) debyut qildi.
"Bu libosni kiyish qanday yoqimli tuyg‘u", - deb yozdi Kunya.
Forvard shu yozda 74 million yevro evaziga "Vulverxempton"dan sotib olindi.














