Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Mash’al" legioneri klubni tark etdi

"Mash’al" legioneri klubni tark etdi

Baho:
+ | -

2025 yilgi mavsumning birinchi davrasida "Mash’al" jamoasi safida harakat qilgan Gana fuqarosi, yarim himoyachi Salifu Mudasiru klubni tark etdi. Uning ketishi bosh murabbiy Asror Aliqulov tomonidan qabul qilingan taktik qarorga asoslangan bo‘lib, futbolchining o‘yin uslubi murabbiyning yangi sxemalariga to‘g‘ri kelmadi.

"Qisqa vaqt davomida Salifu o‘zining fidoyiligi, mehnatsevarligi va jamoaga bo‘lgan sadoqati bilan ham murabbiylar, ham muxlislar ishonchini qozondi. U har doim maydonda kurashchanlik ko‘rsatib, "Mash’al" sha’nini munosib himoya qildi.

"Mash’al" futbol klubi Salifuga jamoa safidagi xizmatlari uchun chuqur minnatdorlik bildiradi va uning keyingi faoliyatida omad va katta muvaffaqiyatlar tilab qoladi", - deyiladi klub xabarida.

Kiritildi: 18:39, 21.07.2025.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик