Milanning “Inter” klubi hujumchisi Sebastyano Espozito jamoani tark etadi. 23 yoshli futbolchi “neradzurrilar”ning rejalarida emas, shu bois u yaqin orada yangi jamoaga o‘tishi kutilmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, hozirda unga Italiya A Seriyasining uchta vakili qiziqish bildirmoqda. “Inter” barcha tomonlarga mos keladigan optimal yechim topishga harakat qilmoqda.
O‘tgan mavsumda Sebastyano Espozito "Empoli"da ijarada bo‘lganida A Seriyaning 33ta o‘yinida 8ta gol urdi.













