Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" futbolchisi Belgiya chempionatiga ko‘chib o‘tdi

"Inter" futbolchisi Belgiya chempionatiga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

Serbiya futboli afsonasi Deyan Stankovichning o‘g‘li Aleksandr Stankovich Milanning "Inter" klubini tark etdi. Bundan buyon yosh futbolchi Belgiyaning "Bryugge" jamoasida o‘ynaydi.

Shartnoma to‘rt yilga imzolangan bo‘lib, transfer summasi 9,5 million yevroga baholanmoqda. Qayd etish kerakki, kichik Stankovich "neradzurrilar"ning asosiy tarkibiga akademiya orqali kelgan. O‘tgan mavsumni u ijara asosida Shveysariyada o‘tkazdi va u yerda "Lyusern"da o‘ynadi.

Kichik Stankovichning asosiy pozisiyasi tayan yarim himoyachi, ammo u himoya markazida ham, yarim himoya markazida ham, yuqoriroqda ham o‘ynay oladi. Futbolchi 19 yoshda.

Kiritildi: 22:32, 24.07.2025.
O'qildi: 1060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик