Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman! "Atletiko" yana bir yirik transferni amalga oshirdi

Rasman! "Atletiko" yana bir yirik transferni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi slovakiyalik himoyachi David Gansko bilan shartnoma imzolagani haqida rasmiy saytida ma’lum qildi.

27 yoshli futbolchi bilan shartnoma muddati besh yilga mo‘ljallangan. Gansko avvalroq “Feyenoord”da o‘ynagan.

Gansko "Atletiko" tarixidagi slovakiyalik birinchi futbolchi bo‘ldi, u Madriddagi bazada asosiy jamoaning mavsumoldi yig‘iniga qo‘shiladi.

Oldinroq slovakiyalik futbolchi Saudiya klubi bazasida bo‘lgan bo‘lsa-da, Ganskoning "An-Nasr"ga o‘tishi amalga oshmay qolgani ma’lum bo‘lgandi. "An-Nasr" va "Feyenoord" kelishuvga erishdi, unga ko‘ra Davidga 35 million yevro, yana 5 million yevro bonuslar sifatida to‘lanishi kerak edi. Slovakiyalik deyarli shartnoma imzoladi, ammo saudiyaliklar so‘nggi daqiqada kelishuvni yakunlashdan bosh tortdi.

O‘tgan mavsumda Gansko barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:00, 24.07.2025.
O'qildi: 5464 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик