"Sanderlend" "Bolonya"ga markaziy himoyachi Jon Lukumi uchun 22 mln yevro va bonuslar taklif qildi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.
"Bolonya" Lukumi uchun 28-30 mln yevro olmoqchi va unga shartnomani 2029 yilning yozigacha uzaytirishni taklif qilgan, ammo futbolchi hozircha taklifni qabul qilmagan.
Qayd etilishicha, Jonga Ispaniyaning 2 ta klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Lukumi "Genk"dan 2022 yil avgustidan beri "Bolonya" sharafini himoya qilmoqda. U "Genk"dan 8 million yevroga sotib olingan. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.













