Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Dias va Nunyes nega "Milan"ga qarshi o‘ynamadi? Slot javob berdi

Dias va Nunyes nega "Milan"ga qarshi o‘ynamadi? Slot javob berdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" ustozi Arne Slot "Milan"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida "qizillar" tarkibida Luis Dias va Darvin Nunyesning yo‘qligiga izoh berdi. Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin Gonkongda bo‘lib o‘tdi va 4:2 hisobida Italiya klubi foydasiga hal bo‘ldi.

"Luis Dias bugun uning kelajagi haqidagi mish-mishlar tufayli o‘ynamadi," - deya Arne Slotning so‘zlarini keltiradi Mirror.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Nunyesning yo‘qligi ehtimoliy transfer bilan bog‘liq emas - urugvaylik futbolchi kichik jarohati tufayli mersisaydliklarga yordam bermadi.

Bu transfer oynasida Diasga "Bavariya" faol qiziqmoqda. O‘tgan mavsumda kolumbiyalik futbolchi "Liverpul" safida 50 ta o‘yinda 17 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Nunyesning statistikasi kamtarroq - 47 o‘yinda 7 gol va 7 golli uzatma.

Kiritildi: 23:20, 26.07.2025.
O'qildi: 2339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик