Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Yuventus" Veaga o‘rinbosar tanladi

"Yuventus" Veaga o‘rinbosar tanladi

Baho:
+ | -

Timoti Vea "Yuventus"ni tark etishga yaqin turibdi, uning o‘rniga yangi futbolchi esa allaqachon topib qo‘yilgan.

Agar kutilmagan holat yuz bermasa, 25 yoshli amerikalik "Marsel"ga o‘tadi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, uning o‘rniga ustuvor nomzod sifatida Madridning "Atletiko" klubidan Nauel Molina tanlangan. "Keksa sinyora"ning argentinalik futbolchiga qiziqayotgani bir necha kun oldin ma’lum bo‘lgandi.

Nauel Molinaning Transfermarkt saytidagi narxi - 20 mln yevro. 27 yoshli lateralning "matraschilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda jahon chempioni Diyego Simeone jamoasi safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta samarali pas muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 12:07, 27.07.2025.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик