"Strasbur" hujumchi Xoakin Panichellini o‘z safiga qo‘shib oldi.
"Alaves" 22 yoshli futbolchining transferi uchun 16,5 + 3,5 mln yevro oladi, deb xabar beradi Alsa Sports.
Argentinalik futbolchi fransuz klubi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
O‘tgan mavsumda forvard Ispaniya ikkinchi divizionida "Mirandes" safida ijara asosida o‘ynagan edi. U 44 ta o‘yinda 21 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirib, Segundaning ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.













